07:01 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
26210

Yaqin orada Samarqand markazida Yevropa va boshqa mamlakatlar taomlarini tatib koʻrish mumkin boʻlgan koʻcha paydo boʻladi.

TOSHKENT, 22 iyun – Sputnik. Samarqanddagi Orzu Maxmudova koʻchasida birinchi gastronomik koʻcha paydo boʻladi. U yerda qahvaxonalar, restoranlar, novvoyxona va gastronomik butiklar tashkil qilinadi, dedi Samarqand shahar hokimi oʻrinbosari Botir Nurullayev Sputnik muxbiriga.

“Orzu Maxmudov, sobiq Zoya Kosmodemyanskaya koʻchasi toʻliq obodonlashtiriladi. Biz bu koʻchani gastronomik koʻchaga aylantirish niyatidamiz. Bu yerda mahalliy aholi va mehmonlar yevropacha va turli millat taomlarini tatib koʻrishi mumkin boʻladi. Loyihaning maqsadi – shaharda texnologiyalar va takrorlanmas atmosferani oʻz ichiga qamrab nafaqat turistlar balkim mahaliy aholi uchun ham xizmat qiladigan jamoatchilik joyi tashkil qilishdir”, - dedi hokim oʻrinbosari.

Koʻcha boʻylab chiroqlar oʻrnatilgan, yangi meʼmoriy binolar qurilgan. Ayni damda u yerda trotuar plitkasi oʻrnatilmoqda.

Undan tashqari Samarqandda sayyohlar uchun tanishuv bogʻi ham tashkil qilish rejalashtirilmoqda. U yerda Alisher Navoiy, Islom Karimov, Pushkin va boshqa koʻchalar paydo boʻladi. Universitet bulvari hududi ham turistik zonaga aylanatiriladi.

Asosiy mavzular