19:27 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
530 0 0

Gap Rossiyaga ishchi viza bilan ishlashga kelyotgan xorijiy fuqarolar haqida ketmoqda. Rossiyaga vizasiz kirish huquqiga ega boʻlgan davlatlar fuqarolari (shu jumladan Oʻzbekiston ham) ushbu kvotalarga kirmaydi.

TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Rossiyada mehnat vizasi orqali kelgan chet elliklar sonini deyarli 40 mingga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida eʼlon qilingan qonun loyihasida aytilgan.

Agar 2020 yilda kvota 144 mingdan ortiq kishiga taqdim etilgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 104 993 kishigacha kamaytirilishi rejalashtirishmoqda.

Kvota 15 noyabrgacha shakllanishi kerak. Hozirda loyiha muhokama bosqichida.

Quyidagi yoʻnalishlarda chet ellik ishchilarini qisqartirish rejalashtirilgan:

  • qurilish;
  • sabzavotchilik, oʻrmonchilik va oʻrmon tayyorlov, shuningdek yogʻoch tayyorlash;
  • doʻkonlarda alkogol va tamaki mahsulotlarining chakana savdosi;
  • quruqlikdagi avtotransportda yoʻlovchi va yuklarini tashish;
  • binolar va hududlarga xizmat koʻrsatish;
  • dorixonalar, statsionar boʻlmagan savdo obʼyektlari va bozorlar, shuningdek doʻkonlar, chodirlar, bozorlar tashqarisidagi chakana savdo;
  • koʻchmas mulkni boshqarish;

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Armeniya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻistondan kelgan xorijiy ishchilar yangi qoidalar taʼsiriga tushmaydi, chunki bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi hududiga vizasiz (lekin mehnat patentlari bilan) kirish huquqiga ega.

Cheklovlar togʻ-kon, kon-kapital qurilish, montaj va qurilish-montaj ishlarida ishlaydigan chet elliklarga nisbatan ham qoʻllanilmaydi.

Asosiy mavzular