18:15 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)
103 0 0

Soʻnggi soatlarda 76 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi. Jumladan, Poytaxt va Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda soʻnggi tun davomida 76 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi.

“2020 yil 30 iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 8298 (+76) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 44 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu kunga qadar 5496 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2778 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)
Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular