16:21 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
58 0 0

Jinoyatlar soni oʻsishi eng koʻp Fargʻona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Eng koʻp sodir etilgan jinoyat turlari esa - firibgarlik va oʻgʻirlikdir.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda jinoyatchilik 41,9 %ga oshdi, deb xabar qilmoqda Yuksalish harakati Bosh Prokuratura maʼlumotiga asosan. 

"2020 yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga (41,9 foizga) koʻp demakdir", - deyilgan xabarda.

Eng koʻp oshgan jinoyatchilik turlari: bezorilik - 2,5 baravar, firibgarlik va poraxoʻrlik - 2 baravar,  bosqinchilik - 94 %, oʻgʻirlik - 60 %dan koʻproq miqdorda oshgan. 

Jinoyatlar soni eng koʻp oshgan hududlar bu: Fargʻona viloyati - 143%, Qashqadaryo viloyati - 78%, Toshkent viloyati - 43%, Toshkent shahri - 19% va Samarqand viloyati -18 % miqdorida qayd etilgan. 

 

Asosiy mavzular