22:38 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
20710

Qoʻmita mamlakatning dehqon bozorlarida kartoshka, sabzi, piyoz, mol goʻshti va qoʻy goʻshti, guruch, tuxum, oʻsimlik yogʻi va shakar narxlarini oʻrganib chiqdi.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston viloyatlarining markaziy dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarining minimal va maksimal narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Mol goʻshti (lahm goʻshtdan tashqari)

Minimal narx Nukusda “Nukus dehqon bozori”da qayd etildi – 1 kilogramm uchun 38 ming soʻm. Maksimal narx Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (1 kilogramm uchun 65 ming soʻm) qayd etildi.

Qoʻy goʻshti

Eng past narxi 1 kilogramm uchun 39 ming soʻm (Toshkentdagi “Mirobod dehqon bozori”da). Eng yuqorisi poytaxtdagi “Oloy dehqon bozori”da (75 ming soʻm).

Kartoshka

Kartoshkaning minimal narxi 1 kilogramm uchun 1500 soʻmni tashkil etdi (Andijon shahridagi “Yangi Bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar Markaziy dehqon bozori”, “Chirchiq dehqon bozori” va Toshkentdagi “Farhod dehqon bozori”). Maksimal narx - poytaxtda "Oloy dehqon bozori"da (bir kilogramm uchun 5,5 ming soʻm) qayd etildi.

Piyoz

Eng arzon narx Termizda “Markaziy dehqon ozik-ovqat bozori”da qayd etildi (bir kilogrammi 750 soʻm). Eng yuqori narx (uch ming soʻm) Toshkent shahrida “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da qayd etildi.

Sabzi

Bir kilogramm sabzi uchun minimal narx bir ming soʻmni tashkil etdi (Jizzax – “Eski Shahar dehqon bozori”, Guliston – “Guliston dehqon bozori”, Fargʻona – “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent – “Farhod dehqon bozori”). Maksimal narx (bir kilogramm uchun 4,5 ming soʻm) poytaxtdagi “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan.

Tuxum

“Guliston dehqon bozori”da oʻn dona tuxumning minimal narxi (besh ming soʻm) qayd etildi. Eng yuqorisi (13 ming soʻm) Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori” bozorida qayd etildi.

Guruch

Guruchning minimal narxi Nukusda “Nukus dehqon bozori”da (mahalliy “Nukus-2” navi) bir kilogramm uchun 4,5 ming soʻm darajasida qayd etildi. Maksimal narx - 18 ming soʻm (“Lazer” navi) Toshkentda “Mirobod dehqon bozori”da qayd etildi.

Oʻsimlik yogʻi

Oʻsimlik yogʻining bir litr uchun eng arzon narxi 8,4 ming soʻm miqdorida (mahalliy paxta yogi) Toshkentda “Mirobod dehqon bozori”, “Eski Joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”larida qayd etildi. Maksimal narx bir litr uchun 14,5 ming soʻm (import qilingan kungaboqar yogʻi) boʻlib, Toshkentdaga “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan.

Shakar

Shakarning minimal narxi bir kilogramm uchun 5,8 ming soʻmdan Termizda “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da, “Guliston dehqon bozori”da, “Oloy dehqon bozori"da, “Farhod dehqon bozori", Toshkentda “Qoʻyliq dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotildi. Eng qimmat narx – yetti ming soʻm. Eng baland narx (yetti ming soʻm) poytaxtda “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori"larida qayd etildi.

Asosiy mavzular