22:40 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
597 0 0

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanishi belgilandi.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanishi, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – 2020 yil 1 sentyabrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 2021 yil 1 yanvardan boshlab, - Oʻzbekistonfuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali "yagona darcha" tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining "Manzil" avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirilishi belgilandi.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini buzganlik holati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborish uchun asos boʻlib hisoblanmasligi qayd etildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish tartibi bekor qilinishi koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekiston fuqarolariga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga roʻyxatga olish shtampini bosish amaliyotini bekor qilish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

Harbiy xizmatga majburlarning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan olinishda mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Koʻchmas mulk egasi boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlmaganda, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalanib va axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, uni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlar bazasidan olishni yoʻlga qoʻyilmoqda.

Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida elektron raqamli imzo oʻrniga shaxsni tasdiqlashning muqobil shakllarini, shu jumladan mobil aloqa telefon raqamlari orqali shaxsni tasdiqlashning qoʻshimcha imkoniyatlarini yaratishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritilmoqda.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish ishlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratiladi.

Bunda Ichki ishlar, Adliya, Mudofaa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUK bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshirish maqsadida tegishli axborot tizimlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinadi.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganda tegishli idoralarga davlat xizmatlarining avtomatik tarzda koʻrsatilishi uchun xabarnoma yuborilishini tashkillashtirsh, barcha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishni talab etadigan davlat xizmatlari hamda boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinish orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilmoqda.

Asosiy mavzular