17:57 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)
96630

Bugunning oʻzida 127 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 6161 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 127 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 9326  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 93 nafari — karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan), 31 nafari — Toshkent shahrida (13 nafari bemor bilan muloqotda boʻlgan, 18 nafari aholi orasida), 3 nafari — Toshkent viloyatida bemor bilan muloqotda boʻlgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 127 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 6161 nafarga yetdi.

Ayni paytda 3137 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Davolanayotganlarning 8 nafari – oʻta ogʻir, 16 nafari – ogʻir, 230 nafari – oʻrta ogʻir holatda.

Oʻzbekistonda 1,2 mlndan ortiq koronavirus testi oʻtkazildi. 65 mingdan ortiq fuqaro tibbiy nazoratda.

28-oʻlim

Toshkentda 59 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Toshkent shahrida yashovchi Gʻ.B. 2 iyul kuni oʻta ogʻir holatda poytaxtdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan va sunʼiy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga "yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya" tashxisi qoʻyilgan. Bemorda shu kuni koronavirus ham aniqlangan. U doimiy gemodializ muolajasini olib turgan. Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor oʻtkir yurak-qon tomir va oʻpka yetishmovchiligidan vafot etdi.

YEI himoya vositalari

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston DXX chegara qoʻshinlariga COVID-19 koronavirusiga qarshi shaxsiy himoya vositalarini taqdim etdi. Harbiylar 830 dona maxsus himoya kiyimi, ming dona antiseptik va 15 ming dona niqob oldilar.

Migrantlarga yordam

Moskvadagi mehnat migrantlari uchun koronavirusga bepul test topshirish imkoniyati yaratildi. Moskva shahri va viloyatida mehnat migrantlarini tibbiy qoʻllab-quvvatlash dasturi ishga tushirildi. U Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi va Xalqaro Shodiyev fondi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 10,9 milliondan oshdi, 526 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (2,7 mln), Braziliyada (1,4 mln), Rossiyada (660 ming).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)

Asosiy mavzular