21:48 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
255 0 0

Koronavirusdan xoli boʻlishga muvaffaq boʻlgan Jizzax viloyatida takroran 25 iyun kuni aholi orasida COVID-19 aniqlangan edi.

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Jizzaxda shahar hokimligining bir nafar xodimida koronavirus aniqlangani sababli hokimlik binosi karantinga olindi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, soʻnggi kunlarda Jizzax shahrida koronavirus bilan kasallanish koʻpayganligi munosabati bilan hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida shahar hokimi A.Shukurov topshirigʻi bilan hokimlik xodimlari COVID-19 ga test topshirgan.

“Oʻtkazilgan test natijalariga koʻra Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infektsiyasi aniqlanmadi. Ammo “Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash markazi” Jizzax shahar boʻlimining 1 nafar xodimida COVID-19 infektsiyasi aniqlanganligi sababli “Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash markazi” Jizzax shahar boʻlimi va shahar hokimligi binosi karantinga olindi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda ayni paytda hokimlik xodimlari oʻz ishlarini masofadan turib davom ettirishayotgani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, koronavirusdan xoli boʻlishga muvaffaq boʻlgan Jizzax viloyatida takroran 25 iyun kuni aholi orasida COVID-19 aniqlangan edi. Viloyatda bir oilaning ikki aʼzosi koronavirus qurboniga aylangan.

Teglar:
karantin, koronavirus, Jizzax

Asosiy mavzular