Koronavirus Markaziy Osiyoda: Tojikiston COVID-19 ni yengishga muvaffaq bo‘ldimi?

© Sputnik / Amir IsayevJiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse
Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston koronavirus avj olayotgani bois karantin choralarini qaytarmoqda. Qirg‘izistonda ham koronavirus holati 10 mingtadan oshib ketdi. Tojikiston esa deyarli 80 foiz bemorlarini davolashga muvaffaq bo‘ldi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. So‘nggi taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarida jami 88 094 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Bu o‘tgan haftaga qaraganda 29,8 mingtaga ko‘proq.

Qozog‘iston

Mamlakat mintaqada holat va o‘lim bo‘yicha hamon yetakchilik qilmoqda. Kuniga 1000 dan ziyod kasallik aniqlanmoqda. Qozog‘istonda o‘tgan kun davomida 1798 ta yangi holat tasdiqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 58 253 (jumladan, kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bemorlar) nafarga yetgan. Shulardan 33 814 nafari tuzalib ketgan. Jami 264 ta o‘lim holati kuzatilgan.

Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 13-iyul milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 13-iyulni koronavirus oqibatida vafot etgan fuqarolar xotirasiga Milliy motam kuni deb e’lon qilgan.

O‘zbekiston

11 iyul kuni mamlakatda 486 ta yangi koronavirus holati qayd etilgan. Yangi kasallanganlarning 391 nafari karantin muassasalarida, 95 nafari aholi orasida aniqlangan. Aniqlangan holatlar rekordi kundan-kunga yangilanmoqda.

2020 yil 12-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12 706 (+193) nafarni tashkil etmoqda.

7723 nafar (60 foiz) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 59 kishi virus qurboniga aylangan. Koronavirusdan o‘lim qayd etilmagan yagona viloyat qolgan: Andijon viloyati.

Karantinniy sentr v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
SSV karantin choralari nega kuchaytirilganini tushuntirdi

O‘zbekiston aholi orasida koronavirus tarqalishi avj olgani bois 10-iyuldan 1-avgustga qadar keskin karantin choralarini qaytardi. Jumladan, avtotransport vositalarining harakati cheklandi, hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi. To‘ylar va ommaviy tadbirlar taqiqlandi.

Shuningdek, 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda quyidagi karantin cheklovlari kiritildi:

- sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati to‘xtatiladi;

- mahalliy (ichki) aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovi to‘xtatiladi;

65 yoshdan oshgan shaxslarga o‘zini o‘zi yakkalash hayot tarziga qat’iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.

Joriy yil 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Restoran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti to‘ylarni taqiqlashni taklif qildi

Qirg‘iziston

Qirg‘izistonda so‘nggi kunlarda koronavirus yuqtirib olish holati keskin ko‘payishda davom etmoqda. O‘tgan kun davomida 719 ta yangi holat aniqlandi. Shunday qilib, kasallanganlarning umumiy soni 10 629 nafarga yetgan.

Shulardan 3387 nafari (31,8 foizi) COVID-19 ni yenggan. Jami 132 ta o‘lim holati kuzatilgan. Hafta davomida 44 kishi virus qurboniga aylangan.

Tojikiston

Tojikistonda mintaqada eng oxirida (30 aprel kuni) koronavirus aniqlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlanayotgan kunlik holatlar 47-49 tani tashkil etadi. Qayd etish joizki, bu mintaqadagi boshqa mamlakatlarda kasallik avj olayotgan vaqtda bir necha baravarga kamroq (so‘nggi sutkada aniqlangan: Qozog‘istonda - 1798, O‘zbekistonda - 486, Qirg‘izistonda - 719, Tojikistonda esa atigi 49 ta yangi holat).

Skulptura narodnogo geroya Turkmenistana u monumenta Nezavisimosti Turkmenistana v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus rasman yo‘q, deb e’lon qilingan Turkmanistonda ish boshladi

O‘tgan kun davomida 49 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 61 kishi darddan forig‘ bo‘lgan.

Koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 6506 nafarga yetgan. Shulardan 5176 nafari (79,5 foizi) tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatgich. Pandemiya boshlangandan buyon 55 kishi qurbon bo‘lgan.

Turkmanistonda esa hozirga qadar koronavirus rasman qayd etilmagan va u mintaqadagi infeksiyadan xoli mamlakat bo‘lib turibdi.

Butun dunyo bo‘ylab 12,8 milliondan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan. 7,5 milliondan ortiq kishi shifo topgan. Qurbonlar soni 568 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0