02:54 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
99 0 0

Shuningdek, farmon bilan kontseptsiyada belgilangan vazifalarni 2020-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si tasdiqlandi.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik.  “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan mamlakatning suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan kontseptsiyasi tasdiqlandi.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obʼyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash Kontseptsiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Farmonga koʻra, 2030 yilga qadar quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutilgan:

  • sugʻorish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;
  • suv taʼminoti past darajada boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;
  • shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;
  • Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stantsiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmolini 25 foizga kamaytirish;
  • barcha irrigatsiya tizimi obʼyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv oʻlchash va nazorat qilish qurilmalari oʻrnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • 100 ta yirik suv xoʻjaligi obʼyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sugʻorish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;
  • suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.

Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning toʻliq va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash maqsadida Suv xoʻjaligi tizimida masʼul boshqarma tashkil etiladi.

Klasterlarga oʻz balansidagi qishloq xoʻjaligi ekin yerlarida joylashgan suv xoʻjaligi obʼyektlarini boshqarish yoʻnalishidagi Suv xoʻjaligi vazirligining funktsiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻtkazish toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, farmon bilan kontseptsiyada belgilangan vazifalarni 2020-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si tasdiqlandi.

Unga muvofiq, suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni isteʼmol qilish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksi ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular