Koronavirus yuqtirishda shubha bo‘lsa, qayerga murojaat qilish kerak?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil semeynuyu polikliniku i detskiy sad v maxalle "Kumbuz ovul" goroda Nukusa
Shavkat Mirziyoyev posetil semeynuyu polikliniku i detskiy sad v maxalle Kumbuz ovul goroda Nukusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov Koronavirus yuqtirishda shubha bo‘lsa oilaviy poliklinikalarga murojaat qilish kerakligini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Koronavirus yuqtirganlikda shubha bo‘lsa qayerga murojaat qilish kerak? Ushbu savolga bugun 14-iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov javob berdi.

Savol: Koronavirus yuqtirganlikda shubha bo‘lsa, qayerga murojaat qilish kerak? Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilsak SESga, SESdagilar oilaviy poliklinikaga murojaat qiling, deydi. Hech qaysi tayinli maslahat bermaydi?

Hozirgi kunda hududidan qat’iy nazar barcha oilaviy poliklinikalarda (jumladan, Toshkent shahridagi 64 ta poliklinikada) mobil tezkor epidemiologik brigadalar tashkil qilindi. Ular tarkibida infeksionist, epidemiolog va umumiy amaliyot shifokori mavjud bo‘lib, ular joylarda vaziyatni o‘rganishadi va uy sharoitida yoki kasalxonada davolanish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega, dedi shifokor.

Undan tashqari, Oqilov fuqarolarni kasallik alomatlari bo‘lmaganda, o‘zini tinchlantirish uchun test tahlili topshirishga harakat qilmaslikka chaqirdi. Tahlillar faqat aniq ko‘rsatma bo‘lganda qabul qilinadi, dedi shifokor.

Shuningdek, Oqilov xususiy tibbiyot klinikalarda koronavirusga test olinishini taqiqlash borasida hech qanday ko‘rsatma yo‘qligini va  Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida test topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar ro‘yxati e’lon qilinganini ayitb o‘tdi.

 

Yangiliklar lentasi
0