09:54 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
22101

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻining soʻzlariga koʻra, shifokorlar taʼminotida tanqislik yuzaga kelmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda infektsionistlar, pediatrlar, reanimatologlar, pulmonologlar, rentgenologlar va boshqa mutaxasislar koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash ishlariga jalb qilingan.

“Shu oʻrinda qisqa muddatli tayyorgarlikdan oʻtib, oʻz yoʻnalishlarini oʻzgartirib koronavirusni davolash ishlariga jalb qilinganlar ham bor. Shifokorlar taʼminotida tanqislik (bu faqat vaqtincha karantinda boʻlish bilan bogʻliq) yuzaga kelmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayapti”, - dedi u.

Mirziyoyev: koronavirusga qarshi kurash uchun bizda zaxira va imkoniyatlar mavjud

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hozirda Oʻzbekistonda 6060 nafar bemorga shifokorlar belgilangan standartlar boʻyicha davo choralarini koʻrmoqda. Ulardan 60 nafari ogʻir, 7 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. Tasdiqlangan koronavirus holati 14787 taga yetgan. 8655 kishi shu kasallikdan shifo topdi.

Asosiy mavzular