22:33 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
266 0 0

PZR tahlili asosida xorijda berilgan koronavirus yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat Oʻzbekistonda haqiqiy hisoblanmaydi

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda xorijda berilgan koronavirus yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat tan olinmaydi. Bu haqda sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

“PZR tahlili asosida xorijda berilgan koronavirus yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat Oʻzbekistonda haqiqiy hisoblanmaydi”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Eslatib oʻtamiz, oʻz chegaralarini ochayotgan ayrim mamlakatlar tashrif buyuruvchilardan koronavirus yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat talab qilmoqda.

Jumladan, 15 iyuldan Rossiyaga kelayotgan fuqaro kelishidan koʻpi bilan uch kun oldin polimer zanjir reaktsiyasi (PZR) usuli bilan olingan tahlili manfiy chiqqan sertifikatga ega boʻlishi kerak. Bunaqa hujjat boʻlmasa, unda Rossiya hududida 3 kun ichida koronavirusga tahlil topshirishi shart boʻladi.

Asosiy mavzular