06:13 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
926 0 0

Oʻzbekistonda ikki yuqori lavozimli amaldor koronavirus yuqtirib olgani va davolanayotgani rasman tasdiqlandi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov koronavirus bilan kasallandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, Musa Yerniyazov Nukusda va Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Toshkent shahrida davolanmoqda.

Bugungi kunda ularning ahvoli qoniqarli deb topilgan. Taʼkidlanishicha, davolash taktikasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borilmoqda.

Kuni kecha sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi bir guruh soha vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurgan. U yerdagi mavjud holat oʻrganilib, olib borilayotgan profilaktika, epidemiologiya tadbirlarining sifati tanqidiy koʻrib chiqilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda tasdiqlangan koronavirus holati 16429 taga yetgan. Bemorlarning 9127 nafari tuzalib ketgan. 84 kishini virus bevaqt hayotdan olib ketgan.

Asosiy mavzular