Toshkent viloyatida hamshiralar ishga qabul qilinishi haqida e’lon berildi – maosh 15 mln so‘m

© Sputnik / Sergey MalgavkoMedsestra nabirayet lekarstvo v shpris v statsionare
Medsestra nabirayet lekarstvo v shpris v statsionare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati hokimligi Zangiota tumani klinikasiga hamshiralar ishga qabul qilishini haqida e’lon berdi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Zangiota tumani klinikasiga hamshiralar ishga qabul qilinishini haqida e’lon berildi.

“Hamshiralarning ish grafigi 14 kun, ish haqi – 15 million so‘m”, - deb yozilgan e’londa.

COVID-19 bilan yuzaga kelgan vaziyat tufayli Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi shifoxonaga shoshilinch ravishda hamshiralar ishga qabul qilish jarayoni boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 ming nafarga yaqinlashdi.

Yangi kasallanish holatlarining 34 nafari Karantin markazidagi (xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 32 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 9 nafari Jizzax viloyatida hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0