23:15 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
116 0 0

Qiymati 4 million dollardan ziyod insonparvarlik yuki Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirilgan.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi Oʻzbekistonga qiymati 4 million dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi. Bu haqda JSSTning mamlakatdagi vakolatxonasi maʼlum qildi.

Yuk Birdamlik va COVID-19 ga qarshi global jamgʻarmasi orqali tashkilot bosh qarorgohi tomonidan xarid qilingan va JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida yetkazib berilgan.

Taʼkidlanishicha, insonparvarlik yukini joʻnatish ikki bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi partiya Toshkentga 8 iyul kuni yetib kelgan va oʻz ichiga yuz uchun 619,4 ming dona himoya vositasi va 2,1 mlndan ziyod jarrohlik niqobini olgan.

Ikkinchi partiya poytaxtga 17 iyulda yetkazib berildi. U shaxsiy himoya vositalari, jumladan, himoya koʻzoynagi (95,2 ming dona), himoya xalatlari (178 ming dona), jarrohlik niqoblari (12 ming dona), KN95 respirator niqoblaridan (1 mln dona) iborat edi.

Yuk Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirilgan.

Teglar:
JSST, Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular