23:08 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
477 0 0

Xalimov Oʻzbekiston bosh prokurori sobiq oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston prokurori lavozimlarida ishlagan. 2017 yildan 2019 yilgacha Prezidentning Qoraqalpogʻistondagi Xalq qabulxonasi rahbari boʻlgan.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Bosh prokurorning sobiq oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston sobiq prokurori Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Bosh prokuratura matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat qilgan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Xalimov Hakimbay Ashirovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etgan.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 1954 yilda tugʻilgan Hakimbay Xalimov Qoraqalpogʻiston prokuraturasida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan va general mayor unvoniga ega boʻlgan.

Xalimov Oʻzbekiston bosh prokurori sobiq oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston prokurori lavozimlarida ishlagan. 2017 yildan 2019 yilgacha Prezidentning Qoraqalpogʻistondagi Xalq qabulxonasi rahbari boʻlgan. 2019 yildan beri Qoraqalpogʻiston prokuraturasida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan.

Hakimbay Xalimovda bir necha kun oldin koronavirus aniqlangan va 22 iyul kuni vafot etgan.

Qoraqalpogʻistonda virus qurbonlari soni 2 kishiga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 18 324 nafarni tashkil qilmoqda.

BSST maʼlumotlarga koʻra, dunyoda infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,9 milliondan oshdi, 616 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,9 mln), Braziliyada (2,2 mln), Hindistonda (1,2 mln) qayd etilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular