06:38 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
171 0 0

Reanimatsion choralarlarga qaramay, u oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, oʻpka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol vafot etdi.

Dorojnыy znak s nadpisyu Karantin
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan D.I.da 2 iyuldan holsizlik, isitma 38 darajagacha koʻtarilishi, yoʻtal boshlangan va 6 iyul kuni u “Bebimed” xususiy klinikasiga murojaat qilgan.

9 iyulga qadar uy sharoitida davolangan. 9 iyuldan boshlab shahar 7-son tugʻruq kompleksida “29 haftalik 5-homiladorlik, 4-tugʻruq, ikki tomonlama pnevmoniya, semizlikning 2-darajasi, kamqonlik” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

Unda COVID-19 tasdiqlangandan soʻng esa 17 iyul kuni shahar 3-son tugʻruq kompleksiga oʻta ogʻir ahvolda oʻtkazilgan.

Bemorda 30 haftalik homiladorlik, shuningdek, asoratlangan akusherlik anamnezi, homilaning antenatal oʻlimi, qandli diabet va semizlikning 2-darajasi boʻlgan.

Reanimatsion choralarlarga qaramay, u oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, oʻpka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.

Asosiy mavzular