15:05 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
185 0 0

2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekistonga 219 657 kishi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. 2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida 219 657 nafar fuqarolar mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Rahimjon Mahkamov AOKAdagi brifingda maʼlum qildi.

Shundan 122 805 nafari Rossiya, 63 636 nafari Qozogʻiston, 7144 nafari Turkiya, 3376 nafari Janubiy Koreya hamda 22697 nafari boshqa chet davlatlardan qaytgan.

“Xorijdan qaytib kelgan fuqarolarning 201,4 ming nafari uyma-uy yurib oʻrganildi va ularning 100,6 ming nafari (50%) bandligi taʼminlandi”, - deyilgan xabarda.

Rossiyada ogʻir vaziyatda va ishsiz qolgan mehnat migrantlari qoʻllab-quvvatlash uchun “birgamiz.com” va anketa.migration.uz  veb saytlari, CALL markaz va telegram kanali joriy etgan. 20,2 mingdan ortiq fuqaroga ishga joylashish, huquqiy xizmat va moddiy yordam koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular