22:40 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
150323

Agar sizda tez-tez 5-6 kishini u yer bu yerga olib orish yoki unchalik katta boʻlmagan yuklarni tashishga ehtiyoj tugʻilsa yoki odam va yuklarni birgalikda tashish kerak boʻlsa, Oʻzbekistonda qanday avtomobil sotib olish mumkin?

TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Bugun, Toshkentda Volkswagen Caddy avtomobilining 3ta modifikatsiyasi taqdim etildi. Narxi 172 - 221 million soʻm orasida boʻlgan avtomobillar yuk tashish, odam va yuk tashish hamda faqat odam tashishga moʻljallangan modifikatsiyalari bor. 

Taqdimotdan soʻng 200 millionga Caddy kimga kerak, uni oʻrniga 130 millionga Lada Largus qaytim 75 millioniga Damas  olsa ham boʻladi-ku, degan xayollar bugun koʻpchillikning boshiga kelgan boʻlsa ajab emas. Biz ushbu tanlovga biroz aniqlik kiritishga harakat qildik.

VW Caddy – eng zoʻrimi?

Kichik furgonlar orasida u dunyoda eng koʻp sotiladigani - har yili 1,5 millionta. Caddy koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, Yevropaning eng yaxshi tijorat avtomobili, Rossiyada - yil avtomobili boʻlgan. Agar sizga qulay va ishonchli, xushbichim tashqi koʻrinishga ega boʻlgan avtomobil kerak boʻlsa, bu albatta - Caddy.

Uning yaxshi sozlangan boshqariluvchanligi, interyeridagi materiallar sifati va ergonomikasi – oʻz sinfida eng yaxshidir. Ustiga-ustak, ressorali yurish qismiga ega boʻlgan Caddy ogʻirligi 700 kilogramgacha va hajmi 3 metr kubgacha boʻlgan yuklarni tashish imkoniga ega. Lekin narxi ham "otning kallasidek" – 172 – 221 mln. soʻm.

Bu pulga 3ta Damas olsa boʻladi-ku, deyish mumkin albatta hisob-kitobni yaxshi koʻradiganlar. Ha, mumkin, lekin narx har doim ham eng muhimi emas.

Volkswagen Caddy
Volkswagen Caddy

Largus – taksichilar avtomobili

Lada Largus – allaqachon uzoq masofalarga odam va yuk tashiydigan taksichilarning sevimli avtomobiliga aylangan. Narxi 125-130 mln. soʻm boʻlgan ushbu avtomobil  koʻp jihatdan Caddyga oʻxshash.

Largus ham 5 - 7 oʻrinli yoki 700 kilogramgacha yuk tashuvchi metall furgon boʻlishi mumkin. Lekin yukxona maksimal hajmi 2,5 metr kub, uning prujinalik podveskasi uchun optimal ogʻirlik esa – 500 kg gacha.

Largusning soʻzsiz ustuvorligi – uzoq masofalarda yaxshi bilinadi. Uning uzun bazasi – toʻgʻri yoʻlda avtomobil harakatini  turgʻunlashtiradi, kuzov tomining pastligi esa – yonilgʻi tejashda va boshqaruvni osonlashtirishda yordam beradi. Yoʻlovchilarni mindirib, yuklarni ortib – uzoq yoʻlga marhamat.

Lada Largus
© Sputnik / Aleksey Babushkin
Lada Largus na konveyere "AvtoVAZa"

Damas – arzon, lekin arziydimi?

Ulkan yukxona, ressorali yurish qismi va 500 kg yuk koʻtarish quvvatiga ega, lekin motor hajmi 0.8 m3, yonilgʻi sarfi – 8,5 litr. Komfort, va boshqariluvchanlikni gapirmasa ham boʻladi. Narxi – bor-yoʻgʻi 75 mln. soʻm.  

Xavfsizlik – ushbu avtomobilni sotib olishda koʻp xaridorlar uchun eng muhim masalaga aylandi. Dastlab 1980 yillarda ishlab chiqarilgan avtomobilda birorta ham xavfsizlik yostiqchasi yoʻq, haydovchidan avtomobilning old qismigacha – 20 sm, kichkina ingichka gʻildiraklar ustiga oʻrnatilag juda baland kuzov - axir bu avtomobilda tezlikni 80kmdan oshirish xavfliku?  Nima sababda u hech qachon Yevropada yoki Amerikada sotilmaganini tushunsa boʻladi...  

Unda yuk va odamlarni yaqin masofalarga tashish mumkin, albatta, lekin juda juda ehtiyotkorlik bilan.

Avtomobil Deu Damas
Stringer
Avtomobil "Deu Damas"

Xulosa oʻrnida

Oʻzbekistonda sotuvda yana bir avtomobil paydo boʻlgani – bu albatta quvonarlidir. Mayli yangi avtomobil ancha qimmat boʻlsa ham. Asosiysi - xaridorlarda tanlov imkoniyati paydo boʻldi, hech boʻlmasa universal avtomobillar orasida.

Asosiy mavzular