O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 21,5 mingtadan oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli.
Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 9 710 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida 297 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi.

“2020 yil 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 506 (+297) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Gemotest nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 27-iyul asosiy xabarlari

Yangi kasallanganlarning 125 nafari Toshkent shahrida (ulardan 72 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan  fuqarolar, 53 nafari esa Qozog‘istondan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 68 nafari Toshkent viloyatida, 32 nafari Buxoro viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Farg‘ona viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan. 122 kishi vafot etgan.

Hozirda mamlakatda 9 710 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0