19:08 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
268 0 0

Davlat statistika qoʻmitasi dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida, 28 iyul oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 40 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”ning arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (40 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 1 500 soʻmdan 6000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan yirik boʻlmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 750 soʻmdan 3 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da sotuvda boʻlgan mayda piyozning narxi minimal narx sifatida (750 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 000 soʻm).

Sabzi 1 500 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining – “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining – “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining – “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” va “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Fargʻona shahrining – “Markaziy dehqon bozori” da (1 500 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 soʻm) qayd etildi.

Tuxum 6 000 soʻmdan 12 000 soʻmgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga koʻra, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori” da sotuvda boʻlgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”. “Mirobod dehqon bozori” da va “Farhod dehqon bozori” qayd etilgan (12 000 soʻm).

Guruch 5 000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (“Nukus 2” navli guruch), Jizzax shahrining – “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining – “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori” va Guliston shahrining – “Guliston dehqon bozori” da 5000 soʻmdan qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 400 soʻmdan 14 500 soʻmgacha (litr)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 400 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 500 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 800 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 800 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 soʻm) kuzatildi.

 

Asosiy mavzular