19:32 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
180 0 0

Virus blokatorlari reklamada aytilganidek, insonni 99% viruslardan himoya qilishi hech qayerda tekshirilmagan va tasdiqlanmagan - Oqilov.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi oxirgi paytlarda shaxsiy himoya niqobi, qoʻlqop va antiseptik kabi ommaviylashib borayotgan virus blokatorlarining himoya xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi. 

Agentlik ushbu himoya vositalari, reklamada aytilganidk insonni 99 % viruslardan hmioya qilmasligini xabar qilingan. 

Xususan, ushbu vositalar reklamasida ularning tarkibidagi qattiq xlor dioksidi odam atrofida 1 metr masofani "dezinfektsiya qilishi" va barcha virus, bakteriya, zamburugʻlar va allergiya qoʻzgʻatuvchilar bilan kurashish imkoniyatiga ega, deyilgan. Undan tashqari ushbu blokatorlar qush grippi, gepatit, pnevmoniya, OʻRVI, zotiljam, sil, meningit va boshqa asosiy pandemiyaga olib keluvchi viruslardan ham himoya qilishi aytib oʻtilgan. Vaholanki, hech qayerda ularning ushbu xususiyatlarini tasdiqlovchi tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Bu haqida xorijiy OAVlarda ham xabar qilingan, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Agentlik bu borada Koronavirusga qarshi kurashish shtabining aʼzosi Xabibulla Oqilovning soʻzlarini keltirgan.  

"Afsuski, ushbu vositaning samaradorligi haqidagi daʼvolar mazkur blokatorlarning havodagi viruslarni zararsizlantirishga qodirligini isbotlaydigan ilmiy asosga ega emas. Darhaqiqat, xlor dioksidi gripp virusi faolligini kamaytirgan tadqiqotlar mavjud, lekin buning uchun, birinchi navbatda ushbu moddani inson yon-atrofga sepish zarur boʻladi, plastik yoki qogʻoz sirtiga emas. Bundan tashqari, tajribada vosita faqat bir kasallik qoʻzgʻatuvchisi uchun sinovdan oʻtkazilgan, ishlab chiqaruvchi esa uni 99% mavjud boʻlgan mikrotanalardan himoya qilishini taʼkidlamoqda", - degan edi Oqilov blokatorlar haqida.   

Ushbu munosabat bilan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi notoʻgʻri reklama tarqalishini oldini olish maqsadida, zarur choralarni koʻrmoqda. Vvirus blokatorlari ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va tarqatuvchilarga reklama qonun hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilish toʻgʻrisida ogohlantiruvchi xatlar yuborildi.

Asosiy mavzular