01:19 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
398 0 0

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻktam Barnoyev koronavirusga chalingan va hozirda davolanmoqda. Musa Yerniyazovning ahvoli ogʻir.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻktam Barnoyev koronavirusga chalingan va hozirda davolanmoqda. Musa Yerniyazovning ahvoli ogʻir, u sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan.

Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Bu haqda AOKA zalida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Anvar Alimovning soʻzlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazovning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda: “U respirator muolajalar olmoqda, oʻpkani sunʼiy shamollatish tartibida davolanmoqda. Uni Turkiya yo boshqa biror joyga olib chiqish haqida gap yoʻq”.

SSV axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev:

“Hech bir bemor Turkiyaga ketgani yoʻq. Turkiyalik mutaxassislar Oʻzbekistondagi ogʻir ahvoldagi bemorlar boʻyicha onlayn konsultatsiya qilish uchun tashrif buyurgan. Ushbu bemorlar qatorida Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov holati boʻyicha onlayn konsultatsiya boʻldi, davolash standartlariga tuzatishlar kiritildi”.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular