13:22 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
10701

Unda dunyoning 60 ta davlatidan jami 235 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻzbekistonlik oʻquvchilar kumush va bronza medaliga ega chiqishdi.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush va bronza medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu nufuzli xalqaro olimpiada 2020 yil 25 iyulda masofaviy tarzda oʻtkazildi.

Unda dunyoning 60 ta davlatidan jami 235 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi. Joriy yilgi olimpiadada oʻquvchilar laboratoriya kimyoviy tajribalarisiz oʻtkazishdi. Olimpiada sinov jarayonini nazoratchilar 4 ta veb-kamera yordamida kuzatib borishdi.

Masofaviy olimpiada Toshkent pediatriya tibbiyot institutining akademik litseyida sanitariya gigiyena hamda karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etildi.

Olimpiadasida mamlakat sharafini respublika fan olimpiadalari gʻoliblari orasidan saralab olingan akademik litsey va maktablarning 4 nafar iqtidorli oʻquvchisi himoya qildi.

“Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey oʻquvchilari Mirumid Mirakbarov va Dilshodaxon Isayevalar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalga sazovor boʻlishdi. Shuningdek, Buxoro shahridagi 35-sonli maktab oʻquvchisi Firdavs Sobirov bronza medalini qoʻlga kiritdi”, - deyilgan xabarda.

Gʻoliblarning medal va diplomlari Turkiyadagi tashkiliy qoʻmita tomonidan pochta orqali joʻnatiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston vakillari 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 6 ta medalni qoʻlga kiritgani va umumjamoa hisobida bronza medalga ega chiqqani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular