19:50 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
31101

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari “temir daftar” borasida tushuncha berdi.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva “temir daftar” borasidagi savolga javob berdi.

“Temir daftar” — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof roʻyxati”, - dedi u AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda.

“Temir daftar” oʻz navbatida fuqarolar yigʻinlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi.

Uni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

- kam taʼminlangan;

- nogironligi boʻlgan;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

- yakka-yolgʻiz keksalar;

- doimiy ishsiz fuqarolar;

- karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

- ogʻir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻriladi.

Shuningdek, masʼul xodimlar oʻzining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan “Temir daftar”idagi maʼlumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib borishi haqida maʼlumot berildi.

“Temir daftar”ga tushgan oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini joriy yilda ish bilan taʼminlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari koʻriladi.

Asosiy mavzular