16:43 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
442 0 0

Buxoro viloyatida 10 avgustdan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Jumladan, bozorlar, sartaroshxona va goʻzallik salonlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Buxoro viloyatida 10 avgustdan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda viloyat maxsus komissiyasining yigʻilish bayoni qabul qilindi.

Unga koʻra, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi shahar va tumanlar boʻlimlarining xulosasi hamda sektor rahbarlari bilan kelishilgandan soʻng hokimlarning kafolat xatlari asosida Buxoro viloyati hududidagi:

  • umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi);
  • mehmonxonalar;
  • individual shugʻullanish uchun trenajyor zallar;
  • nodavlat taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan koʻp boʻlmagan guruh tashkil etib, mashgʻulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda);
  • nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
  • buyum, qurilish mollari savdosi va boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanadigan bozorlar;
  • sartaroshxona va goʻzallik salonlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, Buxoro va Kogon shahri hamda tumanlar markazlariga avtotransport vositalarining kirib-chiqishini nazorat qiluvchi blok-postlar faoliyati toʻxtatiladi.

Koronavirus pandemiyasi boshlangan buyon Buxoro viloyatida 971 kishi virus yuqtirib olgan. Shulardan 884 nafari (91 foiz) tuzalib ketgan. COVID-19 yetti kishini bevaqt hayotdan olib ketgan.

Asosiy mavzular