19:42 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
129210

Shifokor-pediatr, infektsionist va vaktsinolog, "Lider-Meditsina" tibbiy markazining bosh shifokori Yevgeniy Timakov RFda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaktsina va bundan buyon nimalar kutilayotgani haqida gapirib berdi.

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib COVID-19ga qarshi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazadi.

Gamaleya nomidagi Ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan dori vositasi 12 avgust kuni roʻyxatga olinadi. Hozirda sinovning uchinchi, yakuniy bosqichi olib borilmoqda.

Dori vositasini sanoat koʻlamida ishlab chiqarish sentyabrda, koronavirusga qarshi ommaviy emlash esa Rossiyada oktyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

"Bu vektorli vaktsinadir. Uning istiqboli katta, u tirik vaktsina singari immunitetni vujudga keltiradi. U xavfsiz. Klinik sinovlarning birinchi bosqichi oʻtib boʻldi, hozirda vaktsina Sogʻliqni saqlash vazirligida klinik sinovlarning keyingi bosqichiga oʻtish uchun roʻyxatga olinmoqda - endi odamlarning katta miqdorida oʻtkaziladi", - deydi rossiyalik shifokor Yevgeniy Timakov Sputnik radiosi efirida.

Uning soʻzlariga koʻra, avvaliga maʼlum bir guruhga kiruvchi koʻngillilar emlanadi. Bundan keyingina aholini ommaviy emlash haqida gapirish mumkin boʻladi. Biroq, mutaxassisning fikriga koʻra, bu taxminan 6 oydan keyin amalga oshadi.

"Hozirgi kunda barcha mamlakatlarda vaktsinalarning klinik sinovlari boʻlib oʻtmoqda. Tabiiyki, kim birinchi boʻlib katta guruhlarda ushbu sinovlarni oʻtkazsa, u birinchi boʻlib bozorga chiqadi. Ammo, birinchi navbatda, u mamlakat ehtiyojlari uchun ishlatiladi, undan keyingina u bozorga chiqadi. Birinchi boʻlib xavf guruhiga kiruvchi odamlar - koronavirus infektsiyasi bilan doimiy muloqotda boʻlganlar, tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar emlanadi", - deb qoʻshimcha qildi Timakov.

Mutaxassisning toʻliq sharhini radiopodkastda tinglang.

Kto pervыm poluchit rossiyskuyu vaktsinu ot COVID-19 — otvet infektsionista
Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular