18:02 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1148)
99910

Bir sutka davomida 459 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 068 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 459 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 068 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida, 106 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Jizzax viloyatida tana harorati koʻtarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 517 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 22 559 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 311 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 1 378 nafari ogʻir, 386 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) va 80 yoshli X.A. (erkak), Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak) hamda vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 198 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Muhim yordam

Butunjahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining shtab-kvartirasi, COVID-19ga Butunjahon birdamligi va harakati jamgʻarmasi orqali, Oʻzbekistonga umumiy qiymati 300 ming AQSH dollariga teng boʻlgan yana bir insonparvarlik yordamini yubordi. Bu safar Istambuldan kelgan reysda 500 dona kislorod kontsentratori olib kelindi. Bundan tashqari, hafta oxiriga laboratoriyada ishlatiladigan materiallaridan iborat yana bir gumanitar yordam yuki yetkaziladi.

Qirgʻizistonga parvoz

Oʻzbekiston va Quvayt aviakompaniyalari Qirgʻizistonga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklashni taklif qildi. Transport va yoʻl vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori Kurmanbek Akishev maʼlum qilishicha, Quvayt va Oʻzbekistonning bittadan kompaniyasi muntazam reyslarni qayta tiklash taklifi bilan murojaat qildi. Takliflar Koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,9 milliondan oshdi, 731 ming kishi vafot etdi, 12,8 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,0 mln), Braziliyada (3,0 mln), Hindistonda (2,2 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1148)

Asosiy mavzular