19:48 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
182 0 0

Bundan qirq bir yil oldin, 11 avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri atrofida 8,4 ming metr balandlikda ikkita Tu-134 samolyoti toʻqnashib ketdi. Aviahalokat natijasida 175 kishi, shu jumladan "Paxtakor"ning 17 nafar futbolchisi halok boʻldi.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Bundan 41 yil oldin millionlab oʻzbek futbol ishqibozlari uchun eng katta fojia yuz berdi.

Sport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 1979 yil 11 avgust kuni Toshkentning "Paxtakor" jamoasi SSSR Oliy Ligasining navbatdagi turida ishtirok etish uchun Toshkent-Guryev-Donetsk-Minsk reysi bilan Minskka uchib ketdi. Ammo terma jamoa aʼzolariga navbatdagi musobaqada qatnashish nasib etmadi.

Salkam yarim asr oldin, shu kunda Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri atrofida 8,4 ming metr balandlikda ikkita Tu-134 samolyoti toʻqnashib ketdi. Unda ikkala reysda 175 kishi haloq boʻlgani maʼlum. Ular qatorida "Paxtakor"ning 17 nafar futbolchisi ham bor edi.

Press-slujba Ministerstva sporta i fizicheskoy kulturы
Komanda futbolistov "Paxtakor-79"

"Paxtakor-79" futbol jamoasi aʼzolari

• Mixail Ivanovich An, 26 yosh, yarim himoyachi

• Vladimir Ivanovich Fedorov, 23 yosh, hujumchi

• Olimjon Masaliyevich Ashirov, 24 yosh, himoyachi

• Ravil Rustamovich Agishev, 20 yosh, himoyachi

• Konstantin Aleksandrovich Bakanov, 24 yosh, yarim himoyachi

• Yuriy Timofeyevich Zagumennыx, 32 yosh, himoyachi

• Aleksandr Ivanovich Korchenov, 30 yosh, yarim himoyachi

• Nikolay Borisovich Kulikov, 26 yosh, himoyachi                        

• Vladimir Vasilyevich Makarov, 32 yosh, yarim himoyachi

• Sergey Konstantinovich Pokatilov, 28 yosh, darvozabon

• Viktor Nikolayevich Churkin, 27 yosh, hujumchi

• Sirojiddin Ahmedovich Bazarov, 18 yosh, hujumchi

• Shuxrat Musinovich Ishbutayev, 20 yosh, hujumchi

• Vladimir Valiyevich Sobirov, 21 yosh, hujumchi

• Idgay Borisovich Tazetdinov, 46 yosh, murabbiy

• Vladimir Vasilevich Chumakov, 46 yosh, shifokor

• Mansur Inomjonovich Tolibjonov, 35 yosh, maʼmur

Oʻshandan beri SSSRdagi eng muvaffaqiyatli futbol jamoalaridan birining haloq boʻlgan futbolchilari xotirasiga bagʻishlab har yili uchrashuvlar va turli musobaqalar oʻtkazilib keladi.

Bu yil koronavirus pandemiyasi va joriy etilgan karantin rejimi tufayli ushbu tadbir oʻtkazilmadi. Ammo oʻz oʻyinlari bilan millionlab muxlislarni xursand qilgan va respublikada futbol rivojiga katta hissa qoʻshgan yosh yigitlarning xotirasi koʻplab oʻzbekistonliklarning qalbida abadiy qoladi.

2019 yilda Toshkentdagi Botkin qabristonida 40 yil oldin aviahalokat qurboni boʻlgan Oʻzbekistonning "Paxtakor" jamoasi aʼzolarini xotirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda, shuningdek, Toshkentning "Paxtakor" jamoasida oʻynagan taniqli futbolchi Vasilis Xadzipanagis ham ishtirok etdi. U SSSR terma jamoasi tarkibida oʻynagan, keyin esa Gretsiyaga koʻchib ketib, oʻz mamlakatidagi eng mashhur futbolchi boʻldi.

Asosiy mavzular