19:11 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
88711

Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 747 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 747 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 46 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida hamda 7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati koʻtarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 712 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 23 704 nafarga yetdi.

Ayni paytda 7 839 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), Mirzo Ulugbek tumanida yashagan 63 yoshli SH.Y. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 204 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Rossiya yoki Xitoyniki?

Oʻzbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsinalarni oʻrganmoqda. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Rustam Ikromov brifingda maʼlum qildi.

“Ayni kunlarda Rossiya va Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaktsinalar yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilyapti. Bugun ham Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaktsinaning qoʻllanish jarayoni va samarasi xususida xitoylik va oʻzbek mutaxassislari videokonferentsiya orqali fikr almashishdi. Bu muzokaralar natijasidan kelib chiqqan holda mamlakatda vaktsinani qoʻllash darajasini hukumatga maʼlum qilamiz” dedi Ikromov.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bugun koronavirusga qarshi birinchi vaktsina roʻyxatga olinganini eʼlon qilgandi. SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi ilk vaktsinaga “Sputnik V” degan nom berildi.

Rossiyalik mutaxassislarning yordami

Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri guruh rossiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun Oʻzbekistonga joʻnab ketishga hozirlik koʻrayotganini maʼlum qildi.

Vatandoshlarni olib kelish

Oʻzbekiston Rostov viloyatida qolib ketgan fuqarolarni mamlakatga qaytarmoqda. 10 avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd “Pervomayskaya” stantsiyasidan Oʻzbekistonga joʻnadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,0 milliondan oshdi, 736 ming kishi vafot etdi, 12,2 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,1 mln), Braziliyada (3,1 mln), Hindistonda (2,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular