19:01 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
91511

Shifokorlar bemorning koʻzlarini kuzatib, yaqinlashib kelayotgan oʻlimini bashorat qilishni oʻrganib olishdi. Bu haqda ESC Heart Failure nashri tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Olimlar yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda yaqinlashayotgan oʻlim xavfining yangi indikatorni aniqladilar. ESC Heart Failure jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, bunga koʻz qorachigʻi kattaligi ishora boʻlishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Hisobotga koʻra, shifokorlar 870 kishidan iborat guruhni kuzatdilar, ular keyinchalik koʻz qorachigʻi katta va kichik boʻlgan bemorlarga boʻlindi. Bu odamlar keyinchalik ikki yil davomida kuzatildi.

Maʼlum boʻlishicha, koʻz qorachigʻi kichiklashgan boʻlgan, yurak yetishmovchiligi bilan ogʻriganlarda oʻlim holati koʻz qorachigʻi kattaroq boʻlganlarga qaraganda ikki baravar koʻproq boʻlgan. Bundan tashqari, ularning kasalxonaga takroriy yotqizilishi ehtimoli deyarli 50 foiz boʻlgan, koʻz qorachigʻi kattaroq boʻlgan bemorlarning esa faqat 28 foizi qayta yotqizilgan.

"Kuzatishlar shuni koʻrsatdiki, koʻz qorachigʻining maydonini oʻlchash yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarning holatini baholash uchun yangi noinvaziv usul boʻlishi mumkin", - deyiladi olimlarning xulosalarida.

Shifokorlar eslatishicha, endilikda koʻz qorachigʻini tekshirish Altsgeymer, Parkinson kasalligi, qandli diabet va boshqa kasalliklari bor bemorlarning holatini tashxislashda allaqachon faol qoʻllanilmoqda. Taʼkidlanishicha, sogʻliq uchun xavfni aniqlashning ishonchli noinvaziv usullarini izlash shifokorlar uchun eng muhim vazifalardan biridir.

Asosiy mavzular