22:15 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
497 0 0

Olim Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻlgan, Nyu-York Fanlar akademiyasi aʼzosi etib ham saylangan.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Oʻzbekiston ilm-fani ogʻir judolikka uchradi. Akademik Telman Rajabov olamdan oʻtdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Rajabov Telman Dadayevich 85 yoshida vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

Telman Rajabov 1935 yil Samarqandda tugʻilgan, Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutida muhandis, kichik ilmiy xodim (1959-1965-yillar), Fizika-texnika instituti (1969-yildan Elektronika instituti)da bosh muhandis, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1966-1986-yillar) boʻlib ishlagan.

Shuningdek, u Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalash-konstruktorlik byurosi direktori (1986-1992 yillar), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) rektori (1992-1998 yillar), shu universitet qoshidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar oʻquv markazi direktori (1998-2001 yillar), TATUda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Olim Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻlgan, Nyu-York Fanlar akademiyasi aʼzosi etib ham saylangan.

Akademik 2003 yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Sputnik tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq yirik olim, akademik Sattor Tursunmuhamedov vafot etgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular