20:46 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
382 0 0

Tana harorati yuqori boʻlgan hamda niqobsiz kelganlarning bozorlar va savdo muajmualariga kirishlari qatʼiyan taʼqiqlanadi

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxtda faoliyat yuritayotgan bozorlar rahbarlari bilan uchrashib, bozorlar faoliyatini qayta ishga tushirish boʻyicha muhim topshiriqlar berdi.

12 avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga eʼtibor qaratilib, 15 avgustdan boshlab shaxsiy va jamoat transporti harakati, qator faoliyat turlari, bozor va madaniy-maʼrifiy muassasalar ishini bosqichma-bosqich qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olingan edi.

Mazkur yigʻilishdagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxt tumanlarining hokimlari hamda bozorlar va savdo majmualari rahbarlari bilan uchrashdi.

20 avgustdan Toshkentdagi buyum bozorlari yana ishga tushiriladi. Ammo hali koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqaror boʻlmaganligi bois sanitariya-gigiyena talablariga toʻliq rioya qilish va Respublika maxsus komissiyasining bu boradagi topshiriqlarini soʻzsiz bajarish talab etiladi.

Jumladan, bozorlar va savdo majmualariga kirish joylarida keluvchilarning tana harorati oʻlchanishi, hamda ularning oʻtishi uchun dezinfektorlar oʻrnatilishi shart.

Tana harorati yuqori boʻlgan hamda niqobsiz kelganlarning bozorlar va savdo muajmualariga kirishlari qatʼiyan taʼqiqlanadi.

Toshkent shahar hokimi bozorlar rahbarlariga shu masalada atroflicha tushuntirish berib, bunday himoya choralariga qatʼiy amal qilish aholi salomatligi va xavfsizligi uchun nihoyatda muhimligini taʼkidlab oʻtdi.

Asosiy mavzular