21:26 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
907 0 0

Bir sutka davomida 373 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 702 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 373 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 702 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 184 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari esa Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 411 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 31 384 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 87 foizga yetdi.

Ayni paytda 4 082 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli D.T. (ayol), Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli G.CH. (ayol), Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 236 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Rossiyalik shifokorlar yordami

Toshkentga rossiyalik 40 ga yaqin yuqori malakali mutaxassislar yetib kelishdi. Epidemiologlar, virusologlar, endokrinologlar, reanimatologlar, kardiologlar va pulmonologlar 1 oy davomida oʻzbekistonlik hamkasblari bilan pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etishadi.

Bir oy davomida ular pandemiyaga qarshi kurashish uchun oʻzbekistonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Shifokorlar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar Ilmiy-tadqiqot institutida, Zangiota tumanida maxsus ochilgan klinikada va respublikaning boshqa hududlarida ishlashi rejalashtirilmoqda.

Xalqaro parvozlar

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” 1 sentyabrga qadar barcha xorijiy parvozlarni bekor qildi. Ungacha faqat charter parvozlar amalga oshiriladi. Xorijiy parvozlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat tufayli bekor qilingan. Avgust oyi uchun xarid qilingan chiptalar narxi yoʻlovchilarga qaytariladi yoki boshqa sanaga koʻchiriladi.

Qayta ochilgan masjidlar

Bugundan Oʻzbekistonda masjid, cherkov va boshqa diniy muassalalar jamoat tadbirlari oʻtkazish uchun ochildi. 

Diniy muassaslarda jamoat tadbirlari oʻtkazish davomida barcha sanitariya qoidalariga rioya qilish talabi saqlanib qolingan. Masjidlarga kelgan fuqarolar niqob va qoʻlqop taqish, ijtimoiy masofa saqlash, tana haroratini oʻlchash choralariga qatʼiy rioya qilishlari kerak boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,7 milliondan oshdi, 775 ming kishi vafot etdi, 13,7 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,3 mln), Hindistonda (2,6 mln).

Asosiy mavzular