23:41 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
203 0 0

Rossiyalik shifokorlar Samarqandda tashkil qilingan Taqsimlash markazi faoliyatini yuqori baholashdi va koronavirusga qarshi kurashda oʻz maslahatlari bilan boʻlishishdi.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov oʻzbekistonlik shifokorlarga yordam berish uchun kelgan rossiyalik shifokorlar bilan uchrashdi. Mehmon shifokorlar viloyat xokimi bilan oʻz kuzatuvlari va taasurotlar hamda maslaxatlari bilan boʻlishishdi.

Rossiyalik shifokorlar Samarqandda koronavirusga qarshi kurash samarali tashkil qilinganini qayd etishdi. Ular xususan Taqsimlash markazi tashkil qilish – juda toʻgʻri qaror boʻlganini va yerdagi markazlashgan kislorod etishtirib berish tizimini aytib oʻtishdi. Shuningdek shifokorlar markazida dori—darmonlar va tibbiyot kiyimlari ham yetarli miqdorda borligini qayd etishdi.

Viloyat hokimining COVID-19ning 2-toʻlqini haqida bergan savoliga shifokorlar – ikkinchi toʻlqin uncha xavfli boʻlmaydi deb javob qaytarishdi.

Xususan, 2-toʻlqin vaqtida kasallikni yuqtirmaganlar ham yuqtirib olishini, lekin u vaqtda shifokorlarda unga qarshi kurash uchun yetarli tajriba boʻlishini taʼkidlashdi.

Mutaxassislar fikriga koʻra, hozirgi kunda virusning aniq davosi yoʻq, har bir bemorga alohida eʼtibor berish kerak. Masalan biz diabetga chalingan bemorlarni qanday davolash haqida maslahaot berdik.

Rossiyada vaktsina tayyor boʻlgan va sentyabrda ommaviy emlash boshlanadi. Birinchi navbatda shifokorlar emlanadi. Rossiya bilan kelishuvga koʻra sentyabrda Qozogʻistonda ham emlash boshlanadi. Balkim Oʻzbekiston ham bu borada kelishuvga erishar, dedi rossiyalik shifokor.

Erkinjon Turdimov rossiyalik mutaxassislaklarga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib oʻtamiz 16 avgust kuni Rossiyadan 38 nafar shifokor koronavirusga qarshi kurashda hamkasabalariga yordam berish uchun Oʻzbekistonga yetib kelgan edi. Bugungi kunda ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termez, Urganch va Jizzax shaharlari shifoxonalarida faoliyat yuritmoqda. Bir oy davomida rossiyalik mutaxassislar oʻzbekistonlik hamkasabalari bilan tajriba almashishadi.

Asosiy mavzular