21:04 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
124 0 0

Toshkent viloyatidagi togʻli dam olish maskanlariga yetib borishni osonlashtirish uchun Gʻazalkent shahrini aylanib oʻtuvchi yoʻl qurilmoqda.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Chorvoq va Amirsoyga olib boruvchi yoʻllarda tirbandlik kamayadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Faxriddin Davrukov. 

Buning uchun Hukumat tomonidan Boʻstonliq tumanidagi Hojikent sihatgohi yonidan oʻtgan yoʻlni kengaytirish, Gʻazalkent shahrini aylanib oʻtib olib boruvchi yoʻl qurish ishlari tashkil qilinmoqda. Bunda yoʻlovchilarga Gʻazalkent shahriga kirmasdan, shahardagi tirbandliklarga duch kelmasdan  oʻtib ketish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, sayyohlarning Chorvoq, Chimyon va Amirsoy hududiga chiqib ketish yoʻlida hosil boʻlayotgan tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida Gʻazalkent shahridagi koʻprik ham zamonaviy talablar asosida taʼmirlanib qayta ishga tushirildi. 

Eslatib oʻtamiz, har yili yoz oylarida minglab mashinalar Chimyon va Chorvoq dam olish maskanlariga borish yoʻllarida tirbandlikka duch kelar va soatlab yoʻlda qolib ketish holatlari boʻlar edi. 

Asosiy mavzular