06:10 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
319 0 0

ArMI – 2020 xalqaro oʻyinlari boshlanishiga bir necha kun qoldi. Ayni damda jamolara musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish jarayoni qizgʻin ketmoqda.

TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. ArMI – 2020 xalqaro armiya oʻyinlariga tayyoragarlik qizgʻin ketmoqda. Ayni damda Oʻzbekiston tankchilari jamoasi Moskva viloyatidagi Alabino tank poligoniga yetib kelib, u yerda tanklarda amalyi mashgʻulotlarni boshlab yuborishgan

"Biz musobaqada ishtirok etish uchun bizga berilgan tanklarni qabul qilib oldik va hozir harbiy texnikani va va qurol-aslahalarni meʼyor darajasiga keltiramiz", - deydi Oʻzbekiston tankchilar jamoasi aʼzosi.  

Ayni shu damlarda xalqaro musobaqaningsh Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan qismi ham jadal davom etmoqda. "Forij" togʻ dala oʻquv poligonida Tojikiston, Falastin, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Vyetnam armiyalari harbiy tibbiyot jamoalari toʻplangan. Ular estafeta bahslarida ishtirokchilar individual mahorat va jamoaviy tarkibda gʻoliblik uchun kurash olib boradilar.

Shuningdek, xalqaro ArMI – 2020 oʻyinlarining «Yoʻl patruli» musobaqasi ishtirokchilari - Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va Oʻzbekiston jamoalari bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Bugu jamoalar orasida qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning ushbu qismi Qoʻqonda boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular