22:08 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
52402

Toshkentdagi "Sharq" postida andijonlik fuqaro avtomobilidan qoʻlbola uslubda tayyorlangan 14 kilogrammdan ortiq oltin yombilarini musodara qilindi.

TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent shahar Iqtisodiy jinoyatlarga kurash departamenti hamkorlikda noqonuniy oltin aylanmasining oldini oldi.

Toshkent shahridagi “Sharq” yoʻl patrul xizmati maskanida “Kobalt” rusumli avtomashina tekshirilganda, uning ichidan umumiy ogʻirligi 14,238 kg.  boʻlgan 16ta oltin quymalari topilgan. Avtomobil 1975 yil Andijon viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan A.Nuriddinov boshqaruvida boʻlgan.

Aniqlanishicha, ushbu oltin quymalarini fuqaro Nuriddinov Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uyida qonunga xilof ravishda qoʻlbola usulda tayyorlagan boʻlib, keyinchalik ularni Andijon va Namangan viloyatlariga olib borib, sotishni rejalashtirgan.   

Amaldagi qonunchilikka koʻra, oltinni quyma shaklga va yuqori asillik darajasiga keltirib oldi-sotdi qilish taqiqlangan boʻlib, ushbu harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Hozirda mazkur holat boʻyicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek, ushbu oltin quymalarning kelib chiqish manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular