15:41 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
1016 0 0

Ayni damda Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning 90% - 34 894 kishi virusdan toʻliq tuzalib ketgan.

TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus haqida 23 avgustning asosiy xabarlari.

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, soʻnggi sutka davomida Oʻzbekistonda 458 kishi koronavirusga chalingan.

Soat 17:00 holatiga Oʻzbekistonda 38 870 kishiga COVID-19 tashhisi qoʻyilgan. Ayni damda infektsion shifoxonalarda davolanayotganlar soni 3 705 kishini tashkil qilmoqda. 

Bir sutka davomida tuzalib ketganlar soni esa 543 kishini tashkil qilmoqda. Shunday qilib ayni damda tuzalib ketganlar umumiy soni 34 894 kishini tashkil qilmoqda. Bu jami kallanganlar orasida 90%ni tashkil qiladi. 

Koronavirus qurbonlari soni 271 kishiga yetdi. Kecha 22 avgust kuni COVID-19 oqibatida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etgan edi. 

Jahon miqyosida koronavirusga chalinganlar soni 23,1 million kishidan oshib ketdi. Ulardan 14,8 million kishi tuzalib ketgan, 803 ming kishi vafot etgan. 

Asosiy mavzular