22:02 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
219 0 0

“Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi jamoasidan tashqari Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Belarus respublikalari, Falastin va Vyetnam davlatlarining harbiy tibbiyot xizmati mutaxassislari ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik.  24 avgust kuni “Forish” togʻ poligonida “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari, ishtirokchi davlatlar jamoalari vakillari, senatorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, faxriylar va yoshlar, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugining “Forish” togʻ poligoni oʻtgan yili boʻlgani kabi joriy yilda ham “ArMI – 2020” VI Armiya xalqaro oʻyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga mezbonlik qilmoqda. Bu yil “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi jamoasidan tashqari Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Belarus respublikalari, Falastin va Vyetnam davlatlarining harbiy tibbiyot xizmati mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Otkrыtiye Voyenno-meditsinskoy estafetы v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr-2020
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Otkrыtiye "Voyenno-meditsinskoy estafetы" v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr-2020

 

“Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovini kirish soʻzi bilan ochib bergan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev musobaqa ishtirokchilarini qutlab, musobaqalar jarayonida kattadan katta omadlar tiladi.

Zamestitel ministra oboronы Respubliki Uzbekistan, polkovnik Xamdam Karshiyev
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Zamestitel ministra oboronы Respubliki Uzbekistan, polkovnik Xamdam Karshiyev

Shundan soʻng tabrik uchun soʻzga chiqqan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi vakili, tibbiy xizmat polkovnigi Vladimir Viktorovich Lyutov va boshqalar jamoalarga musobaqalarda zafarlar tilash bilan birga mezbonlarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi.

Tantanali marosim Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestrining koʻrgazmali defile harakatlari bilan davom etdi. Ishtirokchilar eʼtiboriga respublikaning taniqli badiiy jamolari va sanʼatkorlari ijrosidagi katta kontsert dasturi namoyish qilindi.

Otkrыtiye Voyenno-meditsinskoy estafetы v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr-2020
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Otkrыtiye "Voyenno-meditsinskoy estafetы" v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr-2020

Bu yil “ArMI – 2020” Armiya xalqaro oʻyinlari 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar 5 davlat: Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va Oʻzbekiston respublikalari hududlarida boʻlib oʻtadi. Ushbu muddat davomida xalqaro musobaqalarning 30 dan ortiq tanlovlarida dunyoning 30 mamlakatidan tashrif buyurgan 160 dan ortiq jamoalari, tarkibida minglab oʻz kasbining ustasi boʻlgan professional, eng ilgʻor harbiy mutaxassislar gʻoliblik uchun bahs olib boradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi joriy yilda Xalqaro armiya oʻyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Yoʻl patruli” tanlovlariga mezbonlik qilyapti. Ozarbayjon, Armaniston, Belarus Respublikalarida bittadan, qolgan barcha tanlovlar esa Rossiya Federatsiyasi hududida oʻtkazilmoqda.

 

Asosiy mavzular