18:37 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
51511

Davolash - individual tartibda: kasallike yengil kechayotgan bemorlarga antibiotik berilmaydi, oʻrta holdagi bemorlarga - 10 kundan soʻng uyiga javob beriladi, deydi shifokor.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Maʼlumki bir necha kun oldin Rossiyadan Oʻzbekistonga 38 nafar shifokorlar hamkasabalariga yordam berish uchun kelishgan edi. Sputnik muxbiri ulardan biri bilan qisqa suhbat qilish imkoniga ega boʻldi. 

- Biz Toshkent shahriga 38 kishidan iborat guruh tarkibida 14 avgust kuni yetib keldik, - deydi Kantserov Riat Yuriyevich, Moskva viloyati, Sergiyev-Posad shahri, Markaziy tuman kasalxonasi shifokori. Guruhimiz aʼzolari turli hududlardan: Moskva viloyati, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari va Tatariston Respublikasidan. Bizdan 4 kishini Samarqand shahriga yuborishdi, bu yerga 17 avgustda yetib keldik va ikkita shifokorimiz Birinchi kovid markazida, ikkitasi reabilitatsiya kasalxonasida ishlamoqdamiz. Bundan tashqari, biz turli xil tibbiy muassasalarda boshqa bemorlarni ham koʻrib chiqmoqdamiz.

- bu yerda davolash jarayoni toʻgʻri tashkillashtirilgan, vrachlar malakali, ular kerakli usul bilan davolashmoqda, albatta, kamchiliklar ham bor, biz hamkasblarimiz, oʻzbekistonlik shifokorlar bilan birgalikda ularni toʻgʻrilayapmiz. Oʻylaymanki, birgalikda biz toʻgʻri ishni va toʻgʻri davolanishni tashkil qila olamiz.

- Bemorlarga qanday davolanish buyurilmoqda?

- bu yerda davolanish individualdir. Agar harorat boʻlmasa yoki u subfimbril boʻlsa, unda albatta antibiotik terapiyasidan voz kechamiz. Agar yuqori harorat kuzatilsa, bemorning ahvoli yomonlashsa, rentgenogramma pnevmoniyani koʻrsatsa va biz bakterial pnevmoniyaning qoʻshilganini his qilsak, unda biz antibiotiklar buyuramiz, kasallikning dastlabki soatlarida antivirus dorilarni – arbidol  (arpiflyu) buyuramiz, askorbin kislotasini qoʻshsa boʻladi, harorat past boʻlsa paratsetamol buyuramiz; harorat 38 darajagacha boʻlsa, tananing oʻzi bu kasallikka qarshi kurashib immunitetni shakllantirishi kerak.

- Oʻrtacha ogʻirlikdagi bemorlar bu yerda oʻn kungacha qolishadi, keyin bemorlarning holatiga qaraymiz, agar ularning klinikasi sogʻlom deb topsak, ularni kasalxonadan bemalol chiqaramiz, ular uyda bir hafta davomida oʻz-oʻzini yakkalash majburiyatini olishadi, oʻylaymanki bu muddat kifoya. Albatta, ogʻir shakldagilar bizda biroz qolib ketadilar, ogʻir shakllarda odatda Koviddan tashqari komarbid foni yaxshi boʻlmaydi, yaʼni ularda yurak xastaliklari, qandli diabet va boshqa patologiyalar ham boʻladi.

Maʼlumot uchun, ayni damda Oʻzbekistonda boʻlib turgan rossiyalik shifokorlar qoʻyidagi muassasalarda faoliyat yuritmoqda: 

  • Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti;
  • Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida;
  • Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida;
  • Samarqand, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalarda 

Rossiyalik shifokorlar maxalliy mutaxassislar bilan birgalikda ogʻir bemorlarni konsultatsiya qilish, oʻzaro tajriba almashish bilan shugʻullanmoqdalar. 

Asosiy mavzular