20:12 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
194 0 0

Kosmetika, hatto eng yaxshisi ham, haddan tashqari ishlatilsa teriga zarar yetkazishi mumkin - kosmetolog Aleksey Yedemskiy.

Kosmetika, hatto eng yaxshisi ham, haddan tashqari ishlatilsa teriga zarar yetkazishi mumkin. Dermatovenereolog-shifokor, kosmetolog Aleksey Yedemskiy Sputnik radiosiga bergan intervyusida teri nima sababdan intolerant (chidamsiz-tahr.) boʻlib qolishini va uning oldini olish imkoni bor-yoʻqligini tushuntirib berdi.

© AFP 2018 / Gerard Julien

Bugungi kunda pardoz kosmetikasi va terini parvarishlash vositalari juda katta miqdorda mavjud. Hammasini boʻlmasa ham, katta qismini sinab koʻrish niyati yoʻq emas. Ammo buni amalga oshirishga kerak emas, chunki oqibatlari juda jiddiy boʻlishi mumkin. Zamonaviy oʻspirin qizlar kosmetikadan 12-13 yoshdan foydalanishni boshlaydilar. Yengil boʻyanadi-da, soʻngra yuzni faol ravishda tozalaydi. Sputnik radiosiga bergan intervyusida dermatovenerolog-shifokor, kosmetolog Aleksey Yedemskiy teriga nisbatan doimiy bu kabi agressiv munosabat oxir-oqibat uni intolerant boʻlib qolishini tushuntirib berdi.

"Teriga qoʻllaniladigan kosmetika vositalarning bu kabi koʻpligi intolerantlikning paydo boʻlishiga olib keladi: terining kosmetikaga nisbatan chidamliligi yoʻqoladi, unga toqat qila olmay qoladi va odam foydalanadigan har qanday kosmetik vositaga reaktsiya bera boshlaydi. Hatto terini shunchaki tozalashga ham. Bu jiddiy holat doimiy qizarish, qichishish, turli xil toshmalar bilan ifodalanadi", - dedi Aleksey Yedemskiy.

Intolerantlik bilan kurashish juda qiyin. Hatto kosmetikadan butunlay voz kechish ham terini bezovta qiluvchi moddalar bilan aloqa qilmasligini kafolatlamaydi. Koʻp hollarda, faqat baʼzi alomatlarni yengillashtirishga erishish mumkin.

"Zamonaviy odam kun davomida baʼzi kosmetika vositalari bilan aloqa qilmasligining iloji yoʻq. Bundan tashqari, kosmetik vositalari tarkibidagi koʻplab moddalar uy kimyoviy vositalari bilan bogʻliq. Shunga koʻra, odam oddiy uy kimyoviy moddalari bilan aloqa qilib, shu tarzda koʻp yillar davomida terining, organizmning baʼzi komponentlarga yuqori sezgirligini saqlab qoladi. Koʻpincha mutaxassislar odamlarga faqat simptomatik yordam koʻrsata olishadi", - dedi dermatovenerolog-shifokor, kosmetolog Aleksey Yedemskiy.

Asosiy mavzular