14:07 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
14710

Rossiya va Oʻzbekiston transport vazirliklari kelishuviga koʻra, Oʻzbekiston Rossiyadan oʻz fuqarolarini maxsus tashkil qilingan poyezdlar yordamida olib chiqishni boshladi.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Oʻzbekiston transport vazirligi xabariga koʻra, Rossiyaning 2ta shahridan Oʻzbekistonga maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelingan.

Xususan, 27 avgust kuni Rostov-na-Donu shahridan 927 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.

Mintransporta Uzbekistana
Uzbekistan vыvozit svoix grajdan na poyezdax

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi bilan kelishilgan holda “Toshkent – Kinel –Toshkent” yoʻnalishida yana bir maxsus poyezd tashkil qilinib, Samara yaqinidagi Rossiya chegarasida kutib qolgan 918 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi  karantin zonalariga yetkazildi.

Uzbekistantsev vыvezli iz Samarskoy oblasti na rodinu spetsialnыm poyezdom
Uzbekistantsev vыvezli iz Samarskoy oblasti na rodinu spetsialnыm poyezdom

Asosiy mavzular