02:34 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
515 0 0

Komissiya koronavirus xavfini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar yaqin kunlarda oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatishiga, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va masʼuliyat koʻrsatib, bu sinovdan eson-omon oʻtib olishga qattiq ishonch bildirmoqda.

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Republika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston aholisini yaqinlashib kelayotgan Vatan mustaqilligining 29 yilligi bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, xalqqa murojaat bilan chiqdi.

Murojaatda aytilishicha, besh oydan ortiq vaqt davomida Maxsus komissiya koronavirus pandemiyasi xatarini imkon qadar kam talafot bilan yengib oʻtish uchun barcha zarur choralarni koʻrib keldi.

Koʻrilgan samarali chora-tadbirlar hamda tibbiyot hodimlarining fidokorona xizmatlari natijasida bugungi kunga kelib Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirgan jami 40 mingdan oshiq fuqarolarning qariyib 38 mingga yaqini yoki 93 %i sogʻaydi, 2 ming 700 dan ziyod bemorni davolash va oilasi bagʻriga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Vaziyat ayniqsa Toshkent shahrida ijobiy tomonga oʻzgarayotgani, Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan shifokorlar hududlar oʻrtasida taqsimlangani, xorijlik ekspertlar asosan ogʻir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravishda davolashga jalb etilgani oʻzining yaxshi samarasini berganligi qoʻshimcha qilingan.

Maxsus komissiya mazkur yoʻnalishda amalga oshirayotgan shu va boshqa chora-tadbirlar yaqin kunlarda oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatishiga, yanada jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va masʼuliyat koʻrsatib, moʻʼtabar keksalarning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon oʻtib olishga qattiq ishonch bildirmoqda.

Kasallik tarqalishining surʼatini pasaytirish va jarayonni jilovlab turishda ommaviy tadbirlar va turli marosimlardan voz kechishning ahamiyati katta boʻlgani eʼtirof etilgan. "Xalq salomatligi har narsadan ustun turishini, inson hayoti eng oliy qadriyat ekanini ham pandemiya davrida yana bir bor eslatdi, koʻrsatdi".

Maxsus komissiyaga koʻra, pandemiya sharoitida mustaqillik bayramining 29 yillik ayyomini nishonlash tartibini kelishib olish uchun sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan maslahat oʻtkazilgan va bu borada bir qarorga kelingan.

"Pandemiya bilan bogʻliq vaziyat bu yil joylarda katta yigʻin va ommaviy sayillar oʻtkazishni, shuningdek, bogʻ va koʻngilochar maydonchalarda kontsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklashni talab qilmoqda. Shuning uchun ushbu ulugʻ sanani koʻproq oila davrasida nishonlashni tashkil etish maqsadga muvofiq, degan qarorga keldik", - deyiladi xabarda.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda, ularni sanitariya normalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtilgan.

"Ushbu kunlar biz uchun har qachongidan-da sinovli boʻladi. Koʻrilayotgan choralar qanchalik natija berishi tez orada ayon boʻladi. Shu munosabat bilan, har birimiz pandemiya sharoitida yashash va ishlashga, harakatlarimizda epidemilogik talablarga soʻzsiz amal qilishga odatlanishimiz kerak. Shu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalishini qatʼiy cheklash, bemorlarni samarali davolash va ehtiyojmandlarga yordam berish boʻyicha barcha choralarni koʻrib borish topshiriladi", - deb taʼkidlangan murojaatda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular