06:05 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
800 0 0

“... fidoyi sanʼatkorimiz ham yovuz koronavirus tufayli ayni qizgʻin faoliyat pallasida, 57 yoshida bizni tark etdi”, - deya yozgan Ozodbek Nazarbekov.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fatxulla Maʼsudov vafoti munosabati bilan taʼziya izhor etdi.

“Ming afsuslar boʻlsinki, shu kungacha Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati ordeni” sohibi boʻlgan fidoyi sanʼatkorimiz ham yovuz koronavirus tufayli ayni qizgʻin faoliyat pallasida, 57 yoshida bizni tark etdi”, - deya yozgan vazir Instagram᾽dagi sahifasida.

Nazarbekov Fatxulla Maʼsudov nafaqat mahoratli aktyor, balki samimiy doʻst, mehribon, jonkuyar rahbar sifatida juda qadrli boʻlganini eʼtirof etgan.

“Jamoadoshlariga boʻlgan mehr-oqibati barchaning koʻnglida ezgulik chirogʻini yoqqan ijodkorning oʻlimi kasbdoshlari uchun ogʻir yoʻqotish boʻlganini his etish naqadar alamli. Ammo bevafo dunyoning eng ogʻir musibati — oʻlimga davo yoʻq ekan”, - deydi madaniyat vaziri.

“Aziz insonimizning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi”, - deya soʻzlarini yakunlagan u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fatxulla Maʼsudov 57 yoshida bu yorugʻ olamni tark etgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular