19:21 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
50001

Buxoroda, avtomobilini davlat bayrogʻi rangiga boʻyab olib, lekin hujjatsiz yurgan haydovchining transporti jarima maydonchasiga joylashtirildi.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Buxoroda oʻz ixtiyoti bilan avtomobil rangini Oʻzbekiston davlat bayrogʻi ranglariga boʻyagan fuqaroning harakatlariga chek qoʻyildi, deb xabar qilmoqda Buxoro shahar IIBB matbuot xizmati.

Voditel v Buxare raskrasil avto v tsveta natsionalnogo flaga - foto
UVD Buxarskoy oblasti
Voditel v Buxare raskrasil avto v tsveta natsionalnogo flaga - foto

 

Maʼlum boʻlishicha, 1987 yilda tugʻilgan fuqaro T. F., 31 avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband koʻchasi boʻylab oʻz boshqaruvida boʻlgan “Lasetti” avtomobilini davlat bayrogʻiga boʻlyagan holda, shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlarsiz haydab ketayotgan vaqti YHXB xodimlari tomonidan toʻxtatilib, qonuniy chora koʻrish uchun transport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Voditel v Buxare raskrasil avto v tsveta natsionalnogo flaga - foto
UVD Buxarskoy oblasti
Voditel v Buxare raskrasil avto v tsveta natsionalnogo flaga - foto

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, avtomobilni boshqarganda haydovchida ,qonun tomonidan belgilangan hujjatlar: sugʻurta polisi, haydovchilik guvohnomasi va avtomobil qayd etish guvohnomasi boʻlishi kerak. 

Shuningdek, maxsus ruxsatnoma olmasdan turib avtomobil rangini oʻzgartirish ham taʼqiqlanadi.

Voditel v Buxare raskrasil avto v tsveta natsionalnogo flaga - foto
UVD Buxarskoy oblasti
Voditel v Buxare raskrasil avto v tsveta natsionalnogo flaga - foto

Asosiy mavzular