14:13 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
102801

Mutaxassislar zaytun yogʻining xususiyatlarini oʻrgandilar. Natijalar shuni koʻrsatdiki, mahsulotni har kuni isteʼmol qilish qon bosimini pasayishiga taʼsir qilgan.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Ovqatga birinchi sovuq ishlovda olingan zaytun yogʻini qoʻshish yuqori qon bosimidan aziyat chekayotgan insonlar uchun zarurdir. Bu haqda MedicalXpress nashri Melburndagi La Troba universiteti olimlari tadqiqotiga asoslangan holda xabar qildi.

Mutaxassislar zaytun yogʻining xususiyatlarini oʻrgandilar. Natijalar shuni koʻrsatdiki, mahsulotni har kuni isteʼmol qilish qon bosimini pasayishiga taʼsir qilgan.

Avstraliyalik tadqiqotchilar bir qator tajribalar oʻtkazdilar, ularda ovqatlanishning turli xatti-harakatlariga ega 50 kishi ishtirok etdi.

Olimlar zaytun yogʻi, albatta, birinchi sovuq presslash orqali olingani, kardiohimoya xususiyatga ega degan xulosaga kelishdi. Markaziy va arterial bosimni pasaytirish uchun kuniga toʻrt osh qoshiq yogʻ isteʼmol qilish kifoya.

Asosiy mavzular