20:50 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
309 0 0

“Qurolsoz usta” xalqaro tanlov beshinchi marta oʻtkazildi. Bu yilgi musobaqalarda sakkizda jamoa ishtirok etdi.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Penza viloyatida oʻz nihoyasiga yetgan ArMI-2020 “Qurolsoz usta” tanlovining gʻoliblari Rossiya, Oʻzbekiston va Armaniston jamoalari boʻlishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Xalqaro armiya oʻyinlari-2020da Rossiya, Oʻzbekiston va Armaniston jamoalari eng yaxshi qurolsoz deb tan olindi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Gʻoliblarga kubok, medal va tuhfalarni tantanali ravishda Rossiya Mudofaa vazirligi raketa artilleriya bosh boshqarmasi boshligʻi general-leytenant Nikolay Parshin va Penza viloyati gubernatori Ivan Belozertsev topshirdi.

“Qurolsoz usta” xalqaro tanlov beshinchi marta oʻtkazildi. Bu yilgi musobaqalarda sakkizta jamoa ishtirok etdi. Laos, Kambodja, Kongo va Abxaziya harbiylari ilk bor kuch sinashishdi. Shuningdek, musobaqalarda Rossiya, Armaniston, Eron va Oʻzbekiston jamoalari oʻz mahoratlarini namoyon etishdi. Bahslar besh bosqichda boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular