05:09 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
621 0 0

Tegishli soha masʼullariga barcha turdagi xalqaro qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash choralarini koʻrish vazifasi yuklatildi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Oʻzbekiston barcha turdagi xalqaro qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklaydi.

Maʼlum boʻlishicha, komissiya qarori bilan koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnoma tasdiqlanmoqda.

“Shu bois, tegishli soha masʼullariga barcha turdagi xalqaro qatnovlarni (avia, temir yoʻl va avtomobil) tiklash boʻyicha xorijiy malakatlar bilan muzokaralar oʻtkazgan holda qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash choralarini koʻrish vazifasi yuklatildi”, - deyilgan xabarda.

Mazkur vaqtinchalik yoʻriqnoma 2020 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran kuchga kirishi hamda mazkur yoʻriqnoma kuchga kirgandan soʻng xorijdagi fuqarolarni toʻlov asosida mehmonxonaga karantinga joylashtirish sharti bilan charter qatnovlarini tashkil etish boʻyicha turoperatorlar hamda aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish amaliyoti toʻxtatilishi, shu bilan birga avval berilgan ruxsatnomalar 2020 yil 1 oktyabrga qadar amal qilishi belgilab qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Belarus muntazam parvozlarni qayta tiklash toʻgʻrisida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular